среда, 12 июля 2017 г.

Kelajak bog`lari-intensiv bog`lar!!!!

Tadqiqotlarga ko‘ra, bir kishi yetarli darajada vitaminlarga to‘yinishi uchun bir yilda o‘rtacha 58,3 kilogramm meva va 13,9 kilogramm uzum iste’mol qilishi kerak

   Bir yillik iste’mol me’yorini 30 millionlik yurtimiz aholisi soniga ko‘paytirib hisoblaydigan bo‘lsak, faqat o‘z ehtiyojimiz uchun yiliga 1 million 749 ming tonnadan ziyod meva hamda 417 ming tonnadan ortiq uzum olishimiz talab etiladi. Intensiv bog‘larning esa bu borada o‘ziga xos o‘rni bor.  Bu haqida biologiya fanlari nomzodi dotsent U.Rizayev shunday ma`lumot berib o`tdi:
— 2010 yili Respublika rahbariyatining tashabbusi bilan intensiv texnologiyalar asosida parvarishlanadigan pakana va yarim pakana olma, nok, olxo‘ri, gilos va shaftoli ko‘chatlari ilk bor Ukraina va Polsha davlatlaridan olib kelinib, asosan Toshkent hamda Samarqand viloyatlarining fermer xo‘jaliklari yer maydonlariga ekildi. Ushbu bog‘lar mamlakatimizning tuproq-iqlim sharoitiga tez moslashib, qisqa muddat — oradan bir yil o‘tib, ya’ni 2011 yildan boshlab, mevali bog‘larning har bir gektaridan 50-70 sentnergacha hosil olishga erishildi.Natijada bunday bog‘larni yildan-yilga kengaytirish, ularni dehqon va fermer xo‘jaliklarida barpo etish maqsadida hukumatimiz tomonidan aniq manzilli chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqildi. Hozirgacha respublikaning barcha hududlarida jami 5,3 ming gektar, jumladan, Samarqand viloyatida 1300 gektar, Toshkent viloyatida 1000 gektar, Navoiyda 750 gektar, Qashqadaryoda 600 gektar, Surxondaryo, Namangan va Andijon viloyatlarida 400 gektardan pakana va yarim pakana mevali bog‘lar barpo etildi.  Respublika bo‘yicha 2013 yilda 3,0 ming gektar pakana va yarim pakana intensiv mevali bog‘lar barpo etish belgilandi va ularni yildan-yilga kengaytirib borish chora-tadbirlari ko‘rilmoqda.    Bundan tashqari, mamlakatimizda pakana va yarim pakana ko‘chatlarni ko‘paytirish maqsadida xorijdan payvandtaglar olib kelinib,  R.Shreder nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti va fermer xo‘jaliklarining yer maydonlarida onalik ko‘chatzorlar barpo etildi.
     






Комментариев нет:

Отправить комментарий